Toshkent viloyati Bekobod tumanida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

1

Toshkent viloyati Bekobod tumanida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan yoshlarni jismonan sog‘lom, maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilish kabi maqsadlar ko‘zlangan edi.

Tadbir davomida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfuddinov yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Shuningdek, harbiy orkestr tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlar taqdirlandi.

 

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati