“Bolalarga bering dunyoni”

2

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarining birida 1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida madaniy bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda barcha harbiy xizmatchilarning farzandlari ishtrok etdilar.  Tadbirda Mudofaa vazirligi Bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova, Toshkent harbiy okrugi okrugi yetakchi mutaxassisi Odina Odilovalar bolajonlar uchun turli musobaqalar, qiziqarli savol-javob o‘yinlari o‘tkazdilar.

Tadbir davomida harbiy qism komandirining madaniyat va maʼnaviyat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Siroj Xalimov va xonandalar Murodjon Donayev, Muxammadjon Xo‘jayevlar ajoyib chiqishlari bilan yig‘ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdilar. Shuningdek, tadbir so‘ngida ajoyib qo‘shiq va raqslari bilan barchani ko‘ngliga yo‘l topa olgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga Mudofaa vazirining hamda okrug qo‘mondonining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati