1 iyun – «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» Toshkent harbiy okrugi ushbu sana munosabati bilan barcha bolalarni qutlaydi!

2

Bolalar – umr bahorining eng go’zal chechaklari. Ular hayotimizga mohiyat baxsh etadi. 1-iyun “Xalqaro bolalar kuni”. Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlash taklifi 1925-yil Jenevada ilgari surilgan. 1950-yildan esa1-iyundan esa Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni “sifatida nishonlanib kelinadi. Mazkur sananing asosiy mohiyatlaridan yana biri uning bayrog’ida ham o’z ifodasini topgan. Unda aks ettirilgan yer shari insoniyatning , bolalarning umumiy uyi hisoblansa, atrofidagi bolalar baxt-saodat uchun birlashganidan dalolat beradi.
“Bolalar kuni” birinchi marta Turkiya Respublikasi tomonidan 1920-yil 23-aprelda rasmiy ravishda milliy bayram deb eʼlon qilingan. Mamlakatda “Bolalar kuni” 1920-yildan beri milliy miqyosda nishonlanib kelinmoqda, hukumat va oʻsha vaqtdagi gazetalar bu kunni “Bolalar uchun kun” deb eʼlon qilgan edi. Bu boradagi rasmiy hukumat deklaratsiyasi 1929-yilda Turkiya Respublikasining asoschisi va Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk tomonidan eʼlon qilindi.

Ta’kidlash lozimki,“Bolalar kuni” 1857-yil iyun oyining ikkinchi yakshanbasida AQSHning Massachusets shtati, Chelsi shahridagi Universalist cherkovi pastori, doktor Charlz Leonard tomonidan boshlab berilgan boʻlib, bu kun “Atirgul kuni” deb atalgan. Lekin keyinchalik “Bolalar” kuni deb nomlana boshlangan.
1-iyun – Xalqaro bolalar himoya qilish kuni dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlarida nishonlansa ham, boshqa koʻplab davlatlarda har yili 20-noyabr kuni “Xalqaro bolalar kuni” sifatida birdek nishonlanadi.
1959-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari deklaratsiyasi” 1989-yil 20-noyabrda “Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya” Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilindi hamda bu kabi muhim xalqaro hujjatlarning qabul qilinishi jahonning keng jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi.
Xalqaro YUNISEF tashkiloti ham jahonning ming yillik dasturlarini ishlab chiqishda ham faollik koʻrsatib, bolalarning ehtiyojlariga mos keladigan sakkizta maqsadlarni ming yillik dasturlarga kiritishga erishdi.
Umumjahon bolalar kuni bu nafaqat bolalarni kimligini nishonlash kuni, balki butun dunyo boʻylab zoʻravonlik, ekspluatatsiya va diskriminatsiya shaklida zoʻravonlikka duch kelgan bolalarni himoya qilishga ham chorlaydi.
Baʼzi mamlakatlarda bolalar mehnat kuchi sifatida ishlatiladi, qurolli mojarolarda askar sifatida foydalaniladi, koʻchalarda yashaydi yoki nogironligi tufayli azoblanadi. Urushning taʼsirini sezgan bolalar qurolli mojaro tufayli boshqa joyga koʻchirilishi va jismoniy va ruhiy jarohatlarga duchor boʻlishmoqda.
Hozirgi kunda 5 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 153 millionga yaqin bolalar mehnat jalb qilingan.
Ushbu sana aynan murg’ak vujudlarni himoya qilish, ularni qo’llab-quvvatlash hamda ularga alohida e’tibor ko’rsatish maqsadida tashkil etilgan.
Toshkent harbiy okrugi ushbu sana munosabati bilan barcha bolalarni qutlaydi !

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati