HARBIY XIZMATCHILARNING FARZANDLARIGA OLIY TAʼLIM MUASSALARIGA O‘QISHGA KIRISH UCHUN IMTIYOZLI TAVSIYANOMALAR TANTANALI TARZDA TOPSHIRILDI.

3

Mudofaa vazirligida 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Men yangi O‘zbekistonning baxtli farzandiman” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda har tomonlama xizmati davomida o‘rnak bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar tantanali tarzda topshirildi.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarning iqtidorli farzandlari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchisi kapitan Azimov Akbar Amirilloyevichning farzandi Amirilloyev Amirbek Akbarovich parodiya yo‘nalishida, serjant Atanayev Yodgor Omadjonovichning farzandi Omadjonova Mubinabegim “Surxoncha” raqsi, Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmat oddiy askari Tolibova Zilolaning farzandi Raubxonov Ulug‘bek “Bu mening Vatanim” hamda “Assalom O‘zbekiston” nomli kuy qo‘shiqlari bilan tadbir qatnashchilarining eʼtibori va eʼtirofiga sazovor bo‘ldilar. Bunday tadbirlar Okrug Qo‘mondonligida davom etib kelmoqda. Tadbir so‘ngida iqtidorini namoyish etgan bolajonlarga Mudofaa vazirining o‘rinbosari tomonidan faxriy yorlik hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlandilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati