HARBIY TEXNIKALAR PARADI VA QO‘L JANGI CHIQISHLARI SHAHAR AHOLISI QALBIDA O‘ZGACHA SHUKUH UYG‘OTDI.

2

Jumladan, 9 may «Xotira qadrlash kuni» munosabati bilan Angren garnizonida ham katta bayram tashkil etildi. G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirlarida Toshkent harbiy okrugi, Angren shahar hokimligi, FVV Angren shahar bo‘limi va bir qator tashkilotlar, Ikkinchi jahon urushi va afg‘on urushi faxriylari ishtirok etishdi. Unda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi chiqishlari va harbiy texnikalar paradi shahar aholisi qalbida o‘zgacha shukuh uyg‘otdi.

Tarixiy maʼlumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan oldin O‘zbekistonda 6,5 million aholi yashagan, ulardan 1 million 433 mingtasi Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 450 mingdan ortiq o‘zbek urushdan qaytib kelmagan, 130 mingdan ko‘prog‘i nom nishonsiz ketgan. Aholining asosiy qatlamini bolalar va qariyalardan tashkil etganini hisobga olgan holda, mehnatga layoqatli 60 foiz aholi frontga jalb etilgan. Shu boisdan, har yili urushda qozonilgan g‘alaba kuni o‘zgacha shukuhda nishonlanadi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati