«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.

4

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarining birida  9 may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan «Eʼtibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch» hamda «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti,falsafa fanlari doktori professor Jamila Shermuxamedova, Toshket harbiy okrugi xotin – qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassis  Odina Odilova va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi.

Unda psixolog Jamila Shermuxamedova tomonidan masterklass va psixologik trening o‘tkazildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan harbiy xizmatchilarga  sovg‘a tariqasida kitoblar taqdim etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati