Xotira xiyobonida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

4

Shirin shahridagi «Xotira xiyoboni»da » Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish va urushda halok bo‘lgan qahramonlarni xotirlash tadbirlari o‘tkazildi. Toshkent harbiy okrugi, Shirin shahri hokimligi va tegishli tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan Ikkinchi jahon urushi jangchi askarlari qiyofasi gavdalantirib, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari  tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida «Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Shirin shahrida anʼanaviy o‘tkazilib kelinadigan 46-sport estafetasida Toshkent harbiy okrugining» VATANPARVAPLAR» jamoasi ishtirok etib faxrli 3 o‘rinni egalladilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati