Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

3

Ishqingda ko‘ngul xarobdur, men ne qilay?

Hajringda ko‘zum purobdur, men ne qilay?

Jismim aro pech-u tobdur, men ne qilay?

Jonimda ko‘p iztirobdur, men ne qilay?

Umrining so‘ngiga qadar yurt sog‘inchi , ayriliq azobi bilan oh chekkan Bobur lirikasi qalblarga ajib mahzunlik , muhabbatga to‘la sokinlik baxsh etadi. Toshkent harbiy okrugida  shoir tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “Buyuk  sarkarda va shoir” mavzusida sahna chiqishlari namoyish etildi. Tadbir davomida buyuk sarkarda hayotining eng taʼsirli nuqtalari , ijod namunalari yig‘ilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati