Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

3

Marathon des Sables – 240 km masofani qamrab olgan 7 kunlik cho‘l marafoni. Dunyodagi eng qiyin marafonlardan biri bo‘lib, bunda ishtirokchilar qiyin ob-havo sharoitida( kunduzi chidab bo‘lmas darajadagi issiq, kechasi esa juda sovuq) va qiyin joylarda(toshloq joylar bilan almashadigan qumtepalar) yugurishi kerak. Shunday marafonlardan yana biri esa 42 km  195 m masofadagi “Baykal muz marafoni”  bo‘lib, Baykal ko‘lining muzligi bo‘ylab o‘tadi.  Dunyoda har yili bu kabi marafonlar juda ko‘p bora bo‘lib o‘tadi.

Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari  va shahar aholisining barcha yosh toifadagi kishilari uchun “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam “ shiori ostida marafon tashkil etildi. Aholi o‘rtasida sportga muhabbat uyg‘otish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan marafondan ko‘zlangan amaliy natijalarga erishildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati