Shon-sharaf muzeyiga  sayohat uyushtirildi.

1

Vatanga muhabbat hissi beshikdanoq go‘dak ongiga singdirib borilishi kerak. Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda esa ularga buyuk ajdodlarning jasorat maktabini ko‘rsatish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Toshkent harbiy okrugi hamda Chirchiq shahar Mahalla fuqfarolar yig‘ini bilan hamkorlikda mahalla yoshlari uchun  II jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan G‘alaba bog‘iga va uning tarkibiga kiruvchi “Shon-sharaf” muzeyiga  sayohat uyushtirildi. Bog‘ning asosiy vazifasi o‘tganlar xotirasini yod etish, o‘zbek xalqining g‘alabaga qo‘shgan hissasini har tomonlama targ‘ib va tashviq etish, II jahon urushining ayanchli asoratlarini unutmaslik, doimo ogoh bo‘lish, yoshlarni Vatanga  sodiqlik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lib, u  8 ta bo‘limdan tashkil topgan.Sayohat davomida yoshlar bog‘ bilan yaqindan  tanishib, xalqimizning shonli tarixi haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati