Zangiota tumanida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi

2

Vatanparvarlik – ulug‘ fazilat. Vatan – insonning tug‘ilgan, kindik qoni to‘kilgan joydir,bolalik, yoshlik davri o‘tadigan, taʼlim-tarbiya topadigan, safar qilsa, mudom qo‘msaydigan joydir.

Vatan tuyg‘usi tufayli inson o‘zi yashaydigan uyni, o‘zi yashaydigan mahallani, shahar-qishloqni, Vatanni sevadi, uni obod qiladi, uning shaʼnini ulug‘laydi, himoya qiladi. Oila – jamiyatning tayanchi sifatida farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari shakllanadigan maskandir.

Shu so‘zlarni amalda qo‘llagan holda Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari vatanparvarlik tadbirlarining davomi sifatida Zangiota tumani Xonobod mahallasida yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati