O‘quvchi-yoshlar va harbiylar uchrashuvi

1

Harbiy sohaga qiziqmagan bolaning o‘zi bo‘lmasa kerak. Sababi ularning kiyimlari, ko‘zlarida aks etgan Vatan tuyg‘usi yoshlarni o‘ziga jalb etmasdan qolmaydi. Mana shu tuyg‘ularni yoshlarga singdirish maqsadida Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan 14- sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlar va harbiylar o‘rtasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda harbiylar tomonidan qo‘l jangi chiqishlari yoshlarni qiziqtirmasdan qo‘ymadi. Bunday harakatlar bilan yoshlarning harbiy bo‘lish orzusini yana-da oshiradi va vatanga fidoyi farzand bo‘lib yetishishida sababchi bo‘ladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati