Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan “Buyuk sarkarda va shoir ijodiga bir nazar”  mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

2

Toshkent harbiy okrugi,  akademik Sobir Yunusov nomli o’simlik moddalar kimyosi instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan adabiy kechada fan nomzodlari, professorlar hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq artistlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida harbiy qism ma’naviyat markazi tomonidan atoqli adib Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan Bobur hayotiga oid sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Bobur shaxsiyatini ochib berishda go’zal asarning badiiy qiymati juda yuqori :”Biz o’zga yurtga kelib imoratlar qurganda, ular o’z yurtimizdagi obidalarni buzmoqdalar!  Charxning bundan achchiq kinoyasi bo’lurmu, mavlono? Shuni o’ylasam o’z yerimizni qo’yib, Hindga ko’ngil berganim menga xuddi oqibatsizlikdek ko’rinadir!”

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati