Toshkent harbiy okrugi targʻibot guruhi ishtirokida “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida uch avlod uchrashuvi oʻtkazildi.

1

Tadbirda Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi ulkan hayotiy tajribaga ega faxriylar, tuman yoshlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida faxriylar oʻz xayot maktabi bilan oʻrtoqlashar ekan, vatanparvarlik, ona yurtni sevish, milliy gʻurur kabi tuygʻular haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati