Tarix – kelajaj uchun poydevor, bugungi kun uchun  ibrat maktabidir. Muzeylar esa tarixning bir boʻlagi, uni tahlil etish uchun samarali vosita.

3

Toshkent harbiy okrugi harbiy hizmatchilari “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar.

  Muzeyda tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. Harbiy hizmatchilar Gʻalaba bogʻi tarkibida tashkil etilgan muzeyda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarining bebaho buyumlari bilan tanishdilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati