Mehr va eʼtibordan hech kim chetda qolmaydi

4

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismning harbiy xizmatchilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga “Mehr va eʼtibordan hech kim chetda qolmaydi” shiori ostida xayriya karvoni tashkil etdi.

Shuningdek, Chirchiq shahrida joylashgan “Lola” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan 3-guruh nogironi Xudoyberdiyev Nuriddin Negmatulayevichning holidan xabar olindi hamda turli xil oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi va ularga bayramona kayfiyat ulashildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati