GULXAN ATROFIDAGI DOVYURAKLAR

12

Yozuvchi Chingiz Aytmatovning “Oltovlon va yettinchi” haqida hikoya qilar ekan, tinimsiz urushlardan charchagan gruzin jangchilari ahyon-ahyonda gulxan atrofida toʻplanib, qoʻshiq aytishi haqida yozadi.

Joʻrovoz boʻlib qoʻshiq aytish – bu aslida koʻngilxushlik emas, birlashish. Chunki bunda hamma ovoz, musiqa, ritmga hamohang harakat qiladi. Buning ramziy maʼnolari koʻp, albatta.

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birida shaxsiy tarkib Chirchik okrug dala poligoni uzra tungi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borar ekan, batalyon taktik guruhi yangicha yondashuvlar asosida ruhiy toʻsiqlardan mardonavor oʻtdi.


Mashgʻulotlar yakunlanishiga qaramay, shaxsiy tarkib ruhiy stress va ichki hadiklarni yengish uchun gulxan arofida madaniy hordik chiqardi.
Kapitan Sherqoʻzi Hakimiov rahbarligidagi oʻtayotgan mashgʻulotlar davomida harbiy xizmatchilar gulxan atrofida jangovar kuy-qoʻshiqlarga joʻr boʻlishdi. Birdamlik, jangovarlik kayfiyati koʻtarildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati