Muassasalar

O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI HARBIY TA’LIM MUASSASALARI

Hozirgi kunda Mudofaa vazirligi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti,  Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti mamlakatda milliy ofitserlar tayyorlash tizimini yuqori pog‘onaga ko‘tardi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida Qurolli Kuchlarimiz uchun 40 dan ortiq yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlanmoqda.

2017-yil aprel oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining asrlik shonli a’nanalarini davom ettirish, ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada yuqori sifatga kutarish maqsadida, uning bazasida mutlaqo yangi ko‘rinishga va mazmun ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilindi.

Muassasalar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi umumqo‘shin fakulteti

  • Motoo‘qchi va chegara qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • Qo‘shinlar razvedkasi taktik qo‘mondonligi

yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 4 yil. Batаfsil ma‘lumot

Bilim yurtining manzili: 100023, Toshkent shahri, Parkent ko‘chasi, 2.

Akademiyada 3 ta fakultet faoliyat yuritadi:

  •       Umumiy qo‘shin fakulteti (bakalavryat);
  •       Qo‘mondonlik – shtab fakulteti (magistiratura);
  •       Malaka oshirish fakulteti.

Qurolli Kuchlar Akademiyasi Umumqo‘shin fakulteti bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, oliy ma’lumotli mutaxasis diplomi va haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Qurolli Kuchlari Akademiyasi Umumqo‘shin fakultetida quyidagi mutaxasislar bo‘yicha ofetserlar tayyorlanadi;

  • Motoo‘qchi va chegara bo‘linmalar komandiri (o‘qish muddati 4 yil)
  • Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar taktik qumondonligi ofetserlar  (shqish muddati 4 yil)
  • Qo‘shin razvetka taktik qo‘mondonligi ofkserlari (o‘qish muddati 4 yil)
  • Qo‘shinlar front orti taktik qo‘mondonligi  ofetserlari (kiyim-kechak, oziq-ovqat, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari ta’minoti) (o‘qish muddati 4 yil)
  • Kimyo qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi ofetsirlari (o‘qish muddati 4 yil)
  • Muhandis qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi ofetsirlari (o‘ish muddati 4 yil)

Akademiyaning asosiy vazifasi harbiy bo‘linmani boshqara oladigan Vatanga sadoqatli komandir, murakkab taktik vaziyalarda, tezkor va nostandart qaror qabul qila oladigan, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, intellektual salohiyatli, keng dunyo qarashli va o‘z Vatani, Qo‘rolli Kuchlariga sodiq ofitser kadirlarni tayyorlashdan iborat.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti

  • Tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • Havo-desant qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi;
  • Teppopizmga qapshi kupashish bo‘linmalapi taktik qo‘mondonligi;
  • Maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari taktik qo‘mondonligi;
  • Zenit raketa qo‘shinlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Zirxli tank qurollari va texnikalari taktik muhandisligi

mutaxassislari tayyorlaydi. O‘qish muddati 4-5 yil.

Bilim yurtining manzili: 111715, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Amir Temur ko‘chasi, 15.

Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti

  • Vertolyot aviatsiyasi taktik qo‘mondonligi (uchuvchilar);
  • Aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya jihozlarini ishlatish);
  • Aviatsiya taktik muhandisligi (uchish apparati dvigatellarini ishlatish);
  • Aviatsiya taktik muhandisligi (radioelektron jihozlarini ishlatish);
  • Aviatsiya taktik muhandisligi (aviatsiya qurollarini ishlatish)

kabi mutaxassislarni tayyorlaydi. O‘qish muddati 5 yil.

Bilim yurtining manzili: 108000, Jizzax shahri, Hamroqul Nosirov ko‘chasi, 3.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

  • Telekommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Radiokommunikatsiya tizimlari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Radioelektron razvedka va kurash taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Radiotexnik qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Zenit-raketa qo‘shinlarni havo hujumidan mudofaa taktik qo‘mondon-muhandisligi;
  • Kriptografik himoya va maxfiy rejim taktik qo‘mondon-muhandisligi

kabi mutaxassislar tayyorlanadi. O‘qish muddati 5 yil.

Maxsus fakultet manzili: 100190, Toshkent shahri, YUnusobod tumani, Mirzaahmedov ko‘chasi, 9.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti

Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash fakulteti 5 kursini bitirgan talabalar qabul qilinadi va harbiy vrachlar tayyorlanadi. O‘qish muddati 2 yil.

Fakultet manzili: 100000, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 4.

Davolash fakulteti

Fakultetda «davolash ishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli umumiy amaliyot vrachlari tayyorlanadi.
Fakultetda ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ta’limning dastlabki 5 yilida talabalar tibbiy-biologik, paraklinik, gumanitar yo‘nalishlaridagi
fanlar bo‘yicha tahsil oladilar. O‘qishning 6 bosqichida talabalarga «Umumiy amaliyot vrachi»
mutaxassisligi o‘quv dasturi bo‘yicha bilim beriladi.
Fakultet bitiruvchilariga «Umumiy amaliyot vrachi» mutaxassisligi beriladi va ular tanlagan ixtisosligi
bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Xalmatova Barno Turdixodjaevna

Tibbiy-pedagogika fakulteti

Fakultet vrach-pedagog ixtisosligi bo‘yicha umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 6 yil.
Ushbu fakultet bitiruvchilari kelgusida davolash-profilaktika muassasalarida yoki tibbiyot kollejlarida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
O‘qishni tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada davom ettirishlari ham mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, professor Hamraev Abror Asrarovich

Tibbiy-profilaktika fakulteti

Fakultet – umumiy vrach gigienist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.
O‘qish muddati 5 yil.
Bitiruvchilar sanitar-epidemiologiya xizmati muassasalarida faoliyat yuritishi yoki tanlangan
yo‘nalish bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Salomova Feruza Ibodullaevna

Oliy ma’lumotli hamshiralar fakulteti

Fakultet quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi: hamshiralik ishida menejment, hamshiralik ishida anesteziologiya va reanimatsiya, hamshiralik ishida jarrohlik, hamshiralik ishida akusherlik.
Bitiruvchilar magistraturada o‘qishni davom ettirishi yoki quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin:
– tibbiyot kollejlarda ta’lim ishi;
– etakchi jarrohlik hamshirasi;
– etakchi anesteziologiya va reanimatsiya hamshirasi;
– tug‘ruq bloklarida (komplekslari) akusherka;
– bosh hamshira (hamshiralik ishida menejment).
O‘qish davomiyligi 3 yil.

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari doktori, dotsent Bakiyeva Shahlo Hamidullayevna

Malaka oshirish fakulteti

Malaka oshirish fakulteti Toshkent tibbiyot akademiyasining 2015 yil 20 avgustdagi 243-sonli buyrug‘i asosida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Fakultet tarkibiga 2016 yil 4 martdagi 87-sonli buyruqqa asosan 5 ta kafedra kiritildi.

Bular:

  1. 1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi (Ayupova Farida Mirzaevna)
  2. Dermatovenerologiya kafedrasi (Tashkenbaeva Umida Alisherovna)
  3. Travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohlik kafedrasi (Karimov Murodulla YUldashevich)
  4. 1-son ichki kasalliklar kafedrasi (Nurillayeva Nargiza Muxtarxanovna)
  5. Malaka oshirish kafedrasi (Dadaboyeva Ra’no Qudratovna)

Fakultet dekani: tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Zakirxodjaev Rustam Asralovich

Harbiy-tibbiy fakultet

Fakultet tibbiy xizmat ofitserlari, rezerv va zahiradagi tibbiy xizmat ofitserlarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tibbiy tarkibi xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Fakultetga davolash fakultetining 5 kurs bitiruvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutahasislarni tayyorlash markazi”
serjantlar va mutaxasislar tarkibini tayyorlash kurslarida o‘qitiladigan mutaxasisliklar

Ro‘yxati

– Motoo‘qchilar qo‘shinlari guruh komandirlari;

– Havo-desant qo‘shinlari guruh komandirlari;

– Seksiya komandirlari;

– Motoo‘qchilar qo‘shinlari guruhi komandirlarining o‘rinbosarlari;

– Tank komandirlari;

– Muhandislik bo‘linmalari kichik mutaxasislari;

– Radiatsion, kimyoviy va biologik himoya bo‘linmalari kichik mutaxasislari;

– Aloqa bo‘linmalari kichik mutaxasislari;

– Front orti (oshpaz) kichik mutaxasislari;

–  Artilleriya bo‘linmalari kichik mutaxasislari;

– Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujimidan mudofaa bo‘linmalari kichik mutaxasislari;

– RER va Q kichik mutaxasislar;

– Haydovchi kichik mutaxasislar  (AT);

– Pulemetchi kichik mutaxasislari;

– Granatometchi kichik mutaxasislari;

– Motoo‘qchi bo‘linmalari hisob raqami;

– Mo‘ljalga oluvchi BTR;

– Mo‘ljalga oluvchi PJM;

– Merganlar;

– Tibbiyot kichik mutaxasislari;

– Mexanik haydovchi (BTR);

– Mexanik haydovchi (tank);

– Mexanik haydovchi (SADn);

– Zirhli tank xizmati kichik mutaxasislari;

Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 224-sonli Farmoniga binoan “Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlarini yosh avlod uchun o‘rnak sifatida namoyon etish va ularda yuksak vatanparvarlik sifatlarini tarbiyalash maqsadida Respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.

Hozirgi kunda Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Xorazm viloyatlarida hamda Toshkent shahrida Temurbeklar maktabi faoliyat yuritmoqda.

“Temurbeklar maktabi” ga umumta’lim maktabining 9-sinfini tugatgan, uch saralash bosqichidan o‘tgan yoshlar qabul qilinadi.

Birinchi  bosqich – yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – viloyatlar mudofaa ishlari boshqarmalarining harbiy professional saralash bosqichi.

Uchinchi bosqich – davlat test sinovlaridir.

Test sinovlari “Temurbeklar maktabi”da bo‘lib o‘tadi. Tabiiyki, nomzodlar harbiy xizmat uchun sog‘lom bo‘lishi lozim. Davlat imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq, xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar, huquqni himoya qilish organlari xodimlarining farzandlari – tegishli idora yoki vazirlikning yozma iltimosnomasiga ko‘ra sinovning birinchi bosqichidan o‘tgan yoshlar test sinovlaridan ozod etilishi mumkin.

SHuningdek, xalqaro va fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan turli musobaqalar g‘oliblari ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi guvohnomasiga ega bo‘lgan holda, test sinovlaridan ozod etiladi.

Dastlabki tanlov o‘qish istagini bildirgan nomzodlarning yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan har yili aprel oyida o‘tkaziladi.

Harbiy-kasbiy tanlov esa dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan viloyat mudofaa ishlari boshqarmalarida may-iyun oylarida amalga oshiriladi. Harbiy-kasbiy tanlov o‘z ichiga: nomzodlarni yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, savodxonlik darajasini (diktant) baholash, nomzodlarning psixofiziologik darajasini aniqlash, nomzodlarning jismoniy tayyorlanganlik darajasini aniqlash va yakka tartibda suhbat o‘tkazishni qamrab oladi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan har yili iyul oyida: ona tili (rus tili) va adabiyoti, matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Temurbeklar maktabini bitirgan o‘quvchilar oliy harbiy ta’lim mauassasalariga kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 10 foiz miqdorda qo‘shimcha ball beriladi.

O‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi.

–  temurbeklar maktabi direktori nomiga ariza;

– tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (asl nusxasi bo‘lishi va iltimosiga ko‘ra uni qayta ko‘rib chiqish uchun taqdim etish kerak);

– yashash joyidan olingan guvohnoma;

– 086-U va 063-sonli tibbiy ma’lumotnomalar;

– 3×4 (6 dona) foto;

– pedagogik-psixologik markazning tavsiyasi;

– tavsiyanoma (dalolatnoma).