Sog‘lom avlod uchun…

2

Toshkent harbiy okrugida Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tibbiyot markazining malakali shifokorlari ishtirokida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va Qurolli Kuchlari xizmatchi ayollari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi. Ushbu tibbiy ko‘rikda pediatr, terapevt, ginekolog, endokrinolog, lor va boshqa mutaxassislar ko‘rigi o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari UZD, EKG tekshiruvlari ham o‘tkazilmoqda.

Toshken harbiy okrugi Matbuot xizmati