DUNYO MAMLAKATLARI YANGI YILNI QANDAY NISHONLASHADI?

2

Angliyada Yangi yil bayrami

Angliyada Yangi yil sovg‘asiz nishonlanadi va oila davrasida nishonlanishi shart emas. Bu bayram tantanasining anʼanaviy taomi yo‘q. Odatga ko‘ra, ingliz uy bekalari olmali pirog tayyorlashadi. Shotlandiyada Yangi yilning kutib olinishi Rojdestvoga qaraganda muhim ahamiyatga ega. Shotlandcha Yangi yil – bu birinchi o‘rinda uy yig‘ishtirishdir. Hech bir ish tugallanmasdan qolmasligi kerak, soatlar yurgaziladi, paypoqlar yamaladi, hamma teshiklar tikiladi. Soatning birinchi bongi bilan uy kattasi eshikni lang ochadi va oxirgi bongigacha ushlab turadi, shu tariqa u eski yilni chiqarib, Yangi yilni kirgazadi. Shuningdek, Shotlandiyada Yangi yil kirgandan keyin uyga kirgan birinchi kishi shu oilaning moliyaviy ahvoliga taʼsir etadi, deb hisoblashadi. Yashash hududiga qarab, omadni qorasochli yoki mallasoch musofir olib keladi. Angliyada esa omadni uyga ko‘mir parchasini yoki stakanda toza suv olib kelgan kishi keltiradi. Buyuk Britaniyada “Yangi yilni kiritish” marosimi keng tarqalgan. Xerdfordshirda Yangi yilni kiritish marosimi quyidagicha bo‘ladi, soat 12da bong urishni boshlaganda orqa eshikni Eski yil chiqib ketishi uchun ochadilar va oxirgi bongida asosiy eshik ochilib, Yangi yil kiritiladi. Angliyaliklar uchun Yangi yilning birinchi kuni yaqin o‘tmish va sirli kelajak o‘rtasidagi chegaradir. Bu kun bilan ko‘pgina belgilar, sir va taxminlar bog‘langan.Yangi yil tongidagi yomg‘irni, yilning yomon va hosilsiz kelishidan darak deb bilishadi. Hosilning qanday bo‘lishini bulutlarning tashqi ko‘rinishidan ham belgilashgan. Shotlandiyaliklar Yangi yil arafasida oila taqdiridan fol ochishgan. Buning uchun kechki payt yotishdan oldin yongan torfni kul bilan yopishgan, ertalab esa unda odam oyog‘i izini eslatuvchi belgi ko‘rishga urinishgan: agar oyoq izining uchi eshik tomonga qaratilgan bo‘lsa, demak, bu oila aʼzolarining soni shu yili kamayadi, eshikka teskari bo‘lsa –ko‘payadi. Kulda hech qanday iz bo‘lmasa, o‘zgarishlar bo‘lmaydi. 1yanvarda -Yangi yil boshlanishi bilan britaniyaliklar hayotlarini yaxshilaydigan qandaydir muhim qarorlar qabul qilishgan (chekishni tashlash, sport bilan shug‘ullanish va boshqa).

 

Ispaniyada Yangi yil bayrami

Yangi yil Ispaniyada – mamlakatning davlat bayramlaridan biri hisoblanadi. 1 yanvar  xar yili grigorian taqvimi bo‘yicha 1582 yildan boshlab nishonlanadi. Ispaniyada bayram munosabati bilan o‘zgacha yangi yil marosimlari paydo bo‘lgan. Yangi yil bayrami ommaviy tarzda  nishonlanadi. Bayram tunida xalq mamlakatning katta va kichik shaharlaridagi bosh maydonlarda to‘planishadi, ular qadimiy soat va qo‘ng‘iroqlarning bong urishini kutadilar. Bu marosim milliy va mahalliy telekanallar orqali namoyish etiladi. Ispan yangi yil marosimlaridan eng qiziqarlisi – 12 dona uzum isteʼmol qilish marosimidir. Yangi yil kirib kelishi arafasida soatning har bir bong urishida odamlar bir donadan uzum isteʼmol qilishgan va yangi yil tilaklarini o‘z ko‘ngillarida o‘ylashgan. Bu udum birinchi marta 1897 yilning dekabrida o‘ylab topilgan, biroq ko‘pchilik ispanlar bu marosimni uzumchi Elche tomonidan yaratilgan deb hisoblashadi. 1909 yilda uzumdan juda ko‘p hosil olingan va ortiqcha hosilni kamaytirish maqsadida bu udum o‘ylab topilgan. Bu marosimdan so‘ng qatnashuvchilar uylariga ketishadi va ularni uylarida oilaviy bayram dastuxoni kutadi. Yaqin davrdan boshlab mamlakatda Yangi yil kuni qizil rangli ich kiyim kiyilmoqda, qizil rang omad olib kelishi sababli, urfga aylandi.

Yaponiyada “Gandzitsu” milliy bayram kuni

1 yanvardan Yaponiya uchun eng muhim bo‘lgan bayramlar mavsumi boshlanadi. Yaponiyaliklar bu davrni  “syo: gatsu yoki o-syo: gatsu” deb atashadi. U 1-3gacha, 1-7gacha yoki 1-20 yanvargacha davom etishi mumkin. Tarixda “syo: gatsu” yanvar nomini anglatgan. 1yanvar- “gandzitsu” milliy bayram kunidir. Bayram kuni davomida ibodatxonalariga poklanish marosimida ishtirok etish uchun  qatnovchilar kelishadi, ular yangi yilda o‘zlari va yaqinlariga tinchlik, eson-omonlik tilab ibodat qiladilar. Ayollar va qizlar bu marosimda o‘zlarining eng yaxshi yukatalarini kiyadilar. Ko‘pchilik aholi ibodatxonadan tashqari biror-bir manzarali joyga borib, yangi yilning birinchi tong otishini tomosha qiladilar. Shu kuni Yaponiya pochtasi orqali ko‘plab tabrik otkritkalari  yuboriladi, eng ko‘p tabriklarni yapon oilalari do‘stlari va yaqin odamlariga yuborishadi. Bu marosim 1874 yildan, pochtaning ish boshlashi paytidan boshlangan. Bayramga anʼanaviy bezaklar tayyorlanadi, u “kadomatsu”ni o‘z ichiga oladi. Uy ichida 3ta novda: bambuk novdasi (bolalarning tez o‘sishi uchun), olxo‘ri (uy egalarining yordamchilari mustahkam bo‘lishlari uchun), qarag‘ay (oila aʼzolarining hammasi uzoq umr ko‘rishi uchun). Oilalar maxsus yangi yil taomini  – oseti ryorini tanovul qiladilar, bu taom  yangi yil kunlarida taom tayyorlashdan halos bo‘lish uchun dekabr oyining oxirgi kunlarida tayyorlanadi. Uy-joylarni tozalash ham bayramga tayyorgarlikning bir alomati hisoblanadi.

AQSHda yangi yil

1 yanvar-Amerika Qo‘shma Shtatlarida rasmiy ravishda Yangi yilni (New Year) nishonlashadi, biroq 31 dekabrdan xalq sayllari boshlanadi. Ko‘pdan kutilgan bu bayramga esa Amerika aholisi noyabr oyining oxiridan tayyorgarlik qila boshlaydi. Amerikaliklar odatda Yangi yilni restoranda do‘stlar davrasida, tungi klublarda, teatrlarda va kamdan-kam oilada nishonlaydilar. Yangi yil kirganini yarim tunda osmondagi hayratomuz mushakbozliklar,  avtomobil sirenalari ovozidan bilish mumkin. Amerikada yashovchilarning hammasi bir-birlarini quchoqlab, baxt va omad tilab tabriklaydilar. Amerikaning ko‘pchilik shaharlarida Yangi yil arafasida bayram namoyishlari o‘tkaziladi, futbol matchlari, turli manzarali tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Amerikaliklarning yakdillik fikriga ko‘ra, eng ko‘p sonli va qiziq Yangi yil namoyishi Nyu-Yorkdagi Taym-skverda bo‘lib o‘tadi. Aynan shu yerda mashhur Sharning tantanali uchirishi bo‘ladi va u minglab neon lampochkalari bilan yarqiraydi. Mashhur festivallar: pantomimo paradi va atir gullar musobaqasi Yangi yil bayrami bilan bog‘liq. Bu festivallarning urf-odati o‘tgan asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Pantomimi namoyishi-10soatlik spektakl bo‘lib, Filadelfiyadagi irlandiyalik qochoqlar tomonidan tashkillashtirilgan. Bayram namoyishi qatnashchilari-musiqachilar, raqqoslar, masxarabozlar va boshqa rangli liboslarga kiyinganlar, yo‘lboshchi pantomimo Qiroli boshchiligida ko‘cha bo‘ylab musiqa jo‘rligida tantanali yurish qiladilar. Rangdor va antiqa bo‘lgan “Atir gullar”turniri birinchi bor Pasadene(Kaliforniya shtati)da o‘tkazilgan. Turnir yakunida xalqaro televideniye orqali “Pushti rang shar” futbol matchi namoyishi  o‘tkaziladi. Bayram festivallari juda ham mashhurdir, ular doim sayohatchi va millionlab teletomoshabinlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Amerikada Yangi yil boshqa bayramlarga nisbatan pazandalik qonunlarga ega emas. AQSHda Yangi yilni kutib olishning eng asosiy qoidasi-xursandchilik. Amerikaliklar uchun Yangi yil sovg‘alari kerak, lekin shu tariqa majburiy emas. Ular eski yilni odatga ko‘ra yarim tungacha “Eski sahiy vaqtlar” qo‘shig‘i bilan kuzatib, keyin esa Yangi yilni kutib olishadi. Yangi yilning yana bir muhim xususiyatidan biri – keksa (o‘tgan yil timsoli) va go‘dak (yangi yil timsoli). Amerikaliklar uchun Yangi yil-yangi hayotning boshlanishidir. Amerikaliklar bayramda o‘z oldilariga turli muhim o‘zgarishlarni qo‘yadilar, masalan, sport bilan shug‘ullanish, parhez qilish,chekishni tashlash.

 

Avstraliyada yangi yil bayrami

Avstraliyada yangi yil bayrami yozda nishonlanadi. Millionlab avstraliyaliklar dunyoda birinchi bo‘lib, Yangi yil kirib kelishini nishonlaydilar. Taniqli musiqachilar va ajoyib mushakbozlik  shoulari tashkil etiladi. Avstraliyada yangi yil ayniqsa poytaxt shtatlarida qizg‘in nishonlanadi. Barcha bayram tadbirlari ochiq osmon ostida o‘tkaziladi. Sidneyda yarim tundan dunyo bo‘yicha eng katta mushakbozlik boshlanadi, uni tomosha qilishga millionlab odamlar to‘planishadi. Melbrunda raqs kechalari o‘tkazilib, 500 mingga yaqin sayohatchilar yig‘iladilar. Brisbenda jonli musiqa konsertlari bo‘ladi. Mamlakatning kichik shtatlarida – Viktoriya va Tasmaniyada Yangi yil arafasida mashhur musiqali festival o‘tadi,  unda butun Avstraliya yoshlari to‘planadi.

Yarim tunda  avtomobil klaksonlari guvillashi  va qo‘ng‘iroqlar jarangi   boshlanishi bilan barcha kechalar anʼanaviy to‘xtatiladi. Shunday  mamlakat aholisi Yangi yilni mehmonga chaqiradilar. 1 yanvar Avstraliyada – dam olish kuni.  Ko‘pchilik avstraliyaliklar uchun  sayr va plyaj kechalari, hamda radeo va syorfing havaskorlari karnavallari o‘tkaziladigan rasmiy kundir.

 

Germaniyada Yangi yil bayrami.

Yangi yil bayramini nemislar uyda nishonlamaydilar.  Ular tanishlari, hamkasblari va do‘stlari bilan uchrashib, yaxshi tilaklarni bir-biriga  bildirishadi. Bu kuni hech kim o‘zini yolg‘iz his qilmaydi, chunki soat birinchi bong urishi bilan odamlar ko‘chaga chiqishadi va Yangi yil munosabati bilan salyut boshlanadi. Eng katta bayram Berlinda bo‘lib o‘tadi, ko‘chadagi yangi yil bayrami 2 km masofaga yetadi, bir soat davomida tunggi osmonda rang-barang shou davom etadi. Bayramning bosh atributi- archa. Qadimgi olmonliklar archani muqaddas daraxt deb hisoblaganlar. Ular archada o‘rmon ruhlari – tabiat himoyachilari yashashiga ishonganlar.

 

Internet maʼlumotlari asosida tayyorlandi.