Qo‘mondon mehribonlik uyiga tashrif buyurdi.

2

Yangi yil arafasida Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondoni polkovnik Zorikjon Sayfudinov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarni kirib kelayotgan yangi 2021 yil bilan qutlash maqsadida tashrif buyurdi.

Tashrif davomida bolajonlarga sovg‘alar ulashdilar, bayramona tadbir davomida bolajonlarga faxriy qorovul jamoasi, qo‘l jangi guruhi chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek aviamodel va TIR musobaqalari bolajonlar xotirasida o‘chmas bo‘lib qoldi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati