BIR YUZ BITTA QAHRAMON

2

Vatanparvarlik oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Shuhrat Uzaqov tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi markazdan olisda joylashgan harbiy qismlardan birida “101” tarixiy filmi ijodkorlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda harbiy xizmatchilar dastlab “101” filmini tomosha qilishdi.Ikkinchi jahon urushida fashistlarning xunrezliklaridan biri – asir olinganlarni tahqirlash, ochlik, tinimsiz mehnat, uyqusizlik orqali hamda inson shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlovchi tajribalar o‘tkazish bilan ayovsiz jazolash edi. Filmda aynan konslagerda o‘ta og‘ir qiynoqlarga dosh berib, Gitlerning makkorona rejasini va fashistlarning jahon tarixini boshqa o‘zanga burib yuborishga qaratilgan qabih harakatlarini butkul barbod qilishga munosib hissa qo‘shgan vatandoshlarimizning jasorati, fidoyiligi va mislsiz matonati ochib berilgan.
Namoyishdan so‘ng ijodkorlar tomonidan filmning yaratilish tarixi va suratga olish jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida, harbiy qism kutubxonasi yana bir manba – “101” asari bilan boyidi. Chin maʼnodagi sadoqati bilan qadr-qimmati osmon qadar bo‘lgan o‘g‘lonlarini ona-Vatan hech qachon unutmaydi. Bugungi va kelajak avlod ularning qahramonliklari oldida hurmat bilan bosh egadi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati