Harbiy qismlarda yangi yil o‘ziga xos tarzda nishonlanmoqda

1

G‘azalkent  shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun «Xush kelding, Yangi yil» nomli bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.Unda “Turon” teatri  va ertak qahramonlaridan tuzilgan teatr jamoasi o‘z sahna chiqishlari bilan ishtirok etdi.

150 dan ortiq oila va ularning farzandlari ishtirokidagi bayram o‘yin-kulgi va turfa xil chiqishlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, Qorbobo va Qorqiz tomonidan bolajonlarga ko‘plab sovg‘alar ulashilgani barchani birdek xursand qildi. Tadbirda  Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazining harbiy ashula va raqs ansambli o‘zlarining Vatanni madh etuvchi musiqiy sovg‘alari bolajonlar eʼtirofiga sazovor bo‘ldi. Bayramlar Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarida uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Тoshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati