“Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!”

1

Vatanparvarlik oyligi doirasida Yangiyo‘l tumanida joylashgan 50-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlarga qurol-aslahalar hamda harbiy texnika ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari va Mudofaa vazirligi Maxsus-avariya tiklash boshqarmasi “Impuls” harbiy ansambli jamoasi ishtirok etishdi. Ansambl jamoasi mardlik va jasoratni ulug‘lovchi, ona Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlari bilan chiqishlari, musiqiy sovg‘alari yurtdoshlarimiz eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

 Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati