
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilib kelinmoqda. Chirchiq dala o‘quv maydonida o‘quvchilar hamda uyushmagan yoshlar ishtirokida «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendurman o‘sha!» shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlar harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ngra ularga qurol-aslaha, harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati