Mirzaoboddagi harbiy qismda kutubxona va tikuv sexi ish boshladi

1

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida joylashgan safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida kutbxona va tikuv sexi faʼoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi, Guliston harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan kutbxonada 1000 dan ortiq o‘zbek adabiyoti, 500 dan ortiq jahon adabiyoti va 500 dan ortiq jurnal va boshqa adabiyotlar mavjud. Tikuv sexida yesa 4 nafar harbiy xizmatchilarning oilasi uchun ish o‘rnlari yaratilgan.


Tantanali ochilish marosimida Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi vakillari, Guliston harbiy prokurori, Mirzaobod tumani hokimining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari va Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati bo‘limi harbiy qism yetakchilari bilan ishlash bo‘yicha masʼullar ishtirok etishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati