“Vatanparvarlik karvoni” Keles tumanida…

1

Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan bir nechta harbiy qismlar, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti  kursantlari hamda Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli, Toshkent viloyati Yoshlar ittifoqi, Keles tumani hokimligi hamkorligida 1600 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi!” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi.Tantanali tadbirda harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, Faxriy qorovul chiqishlari hamda harbiy ansambl, madaniyat xodimlari ijrosida kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Bu kabi “Vatanparvarlik karvoni” tadbirlari nafaqat o‘sib kelayotgan millionlab yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini tarbiyalashga, yoshlar orasida harbiy kasbga bo‘lgan havas va qiziqishlarni ortishiga, mehnatkash xalqimiz orasida Armiya va xalq yakdilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati