Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi!

1

Toshkent viloyatining Bekobod tumani “Do‘stlik” mahallasi “Vatanparvar” xiyobonida Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlaridan birining harbiy xizmatchilari ishtirokida «Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi!» shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Vatan himoyachilarining turli ko‘rgazmali chiqishlari, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi namoyishi, bayramona konsert dasturi taqdim etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati