Harbiy qismda «Oila muqaddas» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2

Harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan «Oila muqaddas» va «Harbiy xizmatchi rafiqasining odobi va muomala madaniyati» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida Toshkent harbiy okrugi yuriskonsulti podpolkovnik Nusrat Ernazarov, Mudofaa vazirligi  xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis Zulfiya Mansurova, Mudofaa vazirligi  yetakchi mutaxassisi Zarifa Turdiyeva, Toshkent harbiy okrugi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Odina Odilovalar ishtirok etishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati