“Axborot xurujlarining zamonaviy ko‘rinishlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

2

Chirchiq shahridagi harbiy qismlarning birida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi O‘ral Mamataliyev hamda Toshkent harbiy okrugi psixologi podpolkovnik Akmal Zoirovlar ishtirokida “Axborot xurujlarining zamonaviy ko‘rinishlari”,  “Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan ishlashda din psixologiyasi” va “Muammo va vaziyat tushunchasi. Muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llari” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.


Shuningdek, tadbir davomida masʼul ofitserlar ishtirokida bo‘linmalarda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy fikrini o‘rganishga qaratilgan harbiy sotsiologik so‘rov metodikasi o‘tkazildi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar orasida o‘tkazilgan “Sabr” va «Bir qadam» kabi treninglar ko‘pchilikda chuqur taassurot qoldirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati