Harbiy qismda taniqli notiq va sanʼat namoyandalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

3

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismda “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘ladi!” shiori ostida “Harbiy qismdan olgan taassurotlarim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda taniqli aktrisa, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Barno Qodirova, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi, notiq, dotsent Rahimboy Jumaniyozov hamda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 225- va 27-sonli umumtaʼlim o‘rta maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.


O‘zaro muloqotlarda mehmonlar harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib o‘tishdi.
Mehmonlar tomonidan ijro etilgan notiqlik namunalari, dublyaj ijrolari ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirdi.


Davra suhbatidan so‘ng, tadbir ishtirokchilari harbiy qism hududida harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati