“Vatanparvarlik karvoni” Oqqo‘rg‘on tumanida ham esda qolarli o‘tdi

3

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlari, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, aloqa va artileriya harbiy qismlari hamda maxsus avariya tiklash boshqarmasi, Toshkent viloyati Yoshlar ittifoqi hamkorligida Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasida “Harbiy vatanparvarlik karvoni” tantanali tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, aloqa harbiy instituti kursantlari tomonidan yaratilgan robotatexnikalar namunali, uchuvchisiz uchish apparatlari, qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar, “Impuls” harbiy ansambli ijrosida kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati