Bayram arafasida bir guruh tibbiyot xodimlari Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondonligi tomonidan taqdirlandi

4

Toshkent harbiy okrugida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi. Unda Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondonligi, okrug tasarrufidagi harbiy qism tibbiyot xodimlari, harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.


Tadbirda harbiy xizmatchilarning sog‘ligini saqlash va ularni sanitariya-epidemamiologik osoyishtaligini taʼminlash hamda  koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishda o‘z xizmat vazifasini namunali bajargan bir guruh tibbiyot xodimlari ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati