Yangiyo‘lda o‘quvchi-yoshlar Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi

3

Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiyo‘l shahar bo‘limi, Madaniyat bo‘limi, Yoshlar agentligi Yangiyo‘l shahar bo‘limi, Yangiyo‘l shahar yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari va yoshlar sardorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Unda hamkorlik ishlari, maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik targ‘iboti tadbirlari hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida ishtirokchilar Markaz faoliyati, elektron va o‘quv kutubxonasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati