Bo‘stonliq tumanida 800 ga yaqin tuman yoshlari ishtirokida ko‘rgazmali tadbirlar bo‘lib o‘tdi

3

Bo‘stonliq tumani hokimligi, Yoshlar ittifoqi hamda Bo‘stonliq tumanidagi harbiy qism hamkorligida “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli bo‘lur” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni Bo‘stonliq tuman hokimi o‘rinbosari Mahmud Nurmetov ochib berdi.
Tadbirda 800ga yaqin tuman yoshlari ishtirok etdi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Bundan tashqari, o‘quv kurslaridan vakillar ham ishtirok etib, taʼlim olish istagida bo‘lgan yoshlarni 30 foiz chegirma bilan kurslarga qabul qilishmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati