Toshken harbiy okrugida ijtimoy-psixologik tadbirlar davom etmoqda

2

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari bilan ijtimoiy-psixologik tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Okrug boshqaruv apparati psixologi Manzura Zaidova va sotsiolog Dadaxon Valijonovlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, muddatli harbiy xizmatchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlash, jamoadagi jipslikni oshirish va harbiy xizmatchilarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun motivatsiya olish usullarini rivojlantirishdan iborat.

Ayniqsa, tadbir davomida “Do‘stim haqida” va “Komil inson” kabi psixotreninglar tadbir qatnashchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati