Bir guruh harbiy xizmatchilar Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi (+foto)

2

Chirchiq shahridagi harbiy qismning bir guruh harbiy xizmatchilari Chirchiq davlat pedagogika instituti qoshidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Dastlab harbiy xizmatchilarni muzey rahbari Nargiza Kenjayeva hamda muzey xodimi Jahongir Ismoilovlar muzeyga qo‘yilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

So‘ngra harbiy xizmatchilarga institut Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rustam Hamroyev hamda geografiya fani o‘qituvchisi Akbar Shernayev hamrohligida “Artel” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Smart xonasi”ni tomosha qildilar.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati