Toshkent harbiy okrugida “Harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy tayyorlash” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi (+foto)

2

Toshkent harbiy okrugi hududida joylashgan harbiy qismda ijtimoiy-psixologik xizmat mutaxassislari bilan “Harbiy xizmatchilarni axloqiy-ruhiy tayyorlash” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.


Seminarda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi mutaxassislari – katta leytenant Shuhrat Navro‘zov,
Qurolli Kuchlar xizmatchisi Begzod Ilhombekov, Toshkent harbiy okrugi harbiy psixologi podpolkovnik Akmal Zoirov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi mutaxassis-psixologi Lola Hakimovalar mavzu yuzasidan maʼruza qildilar.


Tadbir davomida seminar ishtirokchilari harbiy xizmatchilar bilan hamda harbiy qismlarda psixologik ishlarni tashkillashtirish, harbiy sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, shuningdek, psixotreninglar o‘tkazish orqali psixokorreksiya va psixodiagnostika qilish usullari bo‘yicha malakalarini yanada oshirishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati