Harbiy xizmatchilar jangovar texnikalarda suv to‘siqlarini kechib o‘tishdi (+foto)

4

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti dala o‘quv maydonida Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar mashinalarni haydash tayyorgarligining muhim bosqichlaridan biri – jangovar texnikalar yordamida suv to‘siqlardan kechib o‘tish hamda evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.


Dastlab o‘quv nuqtalarida mashg‘ulot rahbaridan muhim topshiriq va eslatmalarni olgan shaxsiy tarkib BTR-80 “A” jangovar mashinalari yordamida “Petrova” ko‘li bo‘ylab harakatlana boshladi.


Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad suvli to‘siqlardan mashinada o‘tish texnikasini shakllantirish, ekipaj aʼzolari orasida hamjihatlik, o‘zaro harakatlar tajribasini oshirishdan iborat.


Mashg‘ulot davomida suv to‘siqlaridan kechib o‘tayotgan jangovar texnikada nosozlik holati aniqlandi. Shundan so‘ng, tezkor ravishda qutqaruv-evakuatsiya xizmati tashkil etilib, guruh tomonidan qutqaruv  ishlari olib borildi.
Ushbu mashg‘ulotlarni bevosita kuzatib borgan harbiy xizmatchilar o‘z kasbiy bilimlarini yana-da oshirgan holda o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati