Okrug psixolog va sotsiologlari tomonidan muddatli harbiy xizmatchilarning faoliyatga moslashuvchanlik davri o‘rganildi (+foto)

2

Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari uchun ochiq davra suhbati va psixologik trening tashkil etildi. Okrug boshqaruv apparati psixologi Manzura Zoidova va sotsiolog Dadaxon Valijonovlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad muddatli harbiy xizmatchilarning hayotga bo‘lgan munosabatini chuqurroq o‘rganish, faoliyatga bo‘lgan moslashuv davrida duch kelayotgan vaziyatlarni bartaraf etishdan iborat.


Ochiq muloqotlar davomida harbiy xizmatchilarning psixologik holati, moslashuvchanlik bosqichlari atroflicha tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan zarur maslahatlar berildi. Shuningdek, “Do‘stimga ishonaman” nomli psixologik trening ham ko‘plab masalalarning ijobiy yechimiga ham sabab bo‘ldi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati