“Armi – 2020” xalqaro harbiy o‘yinlari g‘oliblari harbiy qismda tantanali kutib olindi (fotoreportaj)

3

“Armi – 2020” xalqaro harbiy o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida katta tantanalar bilan kutib olingani haqida xabar bergan edik.
Chirchiq shahridagi harbiy qismda g‘oliblar yuksak eʼtirof va katta tantana bilan kutib olindi. Olqishlar ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda Mudofaa vazirligi, Toshkent harbiy okrugi, Milliy gvardiya masʼul vakillari, g‘oliblarning ota-onalari, yaqinlari, keksa-faxriylar ishtirok etishdi.
Eslatib o‘tamiz, 23 avgustidan 5 sentyabrigacha davom etgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida 30 dan ortiq davlatning 160 dan ziyod jamoasi qatorida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yo‘nalishda yaʼni, “Merganlik marrasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Yo‘l patruli”, “Qo‘shin razvedkasi aʼlochilari”, “Tank biatloni”, “Elburs halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Xavfsiz marshrut”, “Dala oshxonasi”, “Harbiy ralli”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Merganlar marrasi”, “Otliq marafon”, “Avtozirxli tanktexnika ustasi” musobaqalarida faol ishtirok etdi.
Hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 30 dan ortiq mamlakat harbiylari o‘rtasida jami 16 yo‘nalishdan 14 tasida yuqori pog‘onalarni egallab, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati