Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi to‘liq rekonstruksiya qilinib, yangicha dizayn va formatda ish boshladi

1

Bugun, 29-avgust kuni yangicha dizayn va formatda to‘liq taʼmirlanib, rekonstruksiya qilingan Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirni Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari Qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov ochib berib, ushbu yangi bino yoshlarimizga vatanparvarlik ruhini bera oldigan ilk ostona ekanini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbirda so‘z olgan keksa faxriylar, masʼul ofitserlar ushbu muhtasham va ko‘rkam bino ulug‘ bayram arafasida barchani birdek quvontirganini aytib o‘tishdi.
Maʼlumot uchun Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi binosi 2019-yil iyun va 2020-yil fevral oyi davomida to‘liq taʼmirdan chiqarilib, rekonstruksiya qilindi. Boshqarma zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlandi, yaʼni maʼlumotlar bazasi, monoblok kompyuterlar, Mudofaa vazirligi, Toshkent harbiy okrugi, Toshkent shahar hokimiyati va tuman mudofaa ishlari bo‘limlari bilan videоselektor aloqalari o‘rnatildi. Server, bazaviy maʼlumotlar, tiplovizor, turniket va xizmat mashinalari bilan taʼminlangan.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati