Chirchiq shahridagi harbiy qism xodimlari shahar aholisini bayram bilan tabrikladi

3

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida  Yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar kengashi sardorlari hamda harbiy qism Madaniyat markazi xodimlari Chirchiq shahar aholisini mustaqillik bayrami bilan qutlab, harbiy qism qo‘mondonligining tabriknomalarini tarqatdilar.
Shuningdek, yoshlar yetakchilari bilan “Mustaqillik – eng oliy neʼmat” shiori ostida davra suhbati o‘tkazilib, kelgusidagi hamkorliklar xususida kelishib olindi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati