«Eng ilg‘or mutaxassis» ko‘rik-tanlovida Toshkent harbiy okrugi vakillari munosib ishtirok etdi

3

Mudofaa vazirligi artilleriya bo‘linmalari o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on dala poligonida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or mutaxassis» ko‘rik-tanlovida Toshkent harbiy okrugi vakillari umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Harbiy xizmatchilarimiz jamoasi “Baravariga o‘t ochish qurilmasi”, “Eng ilg‘or artilleriya topoboglovchi”, “Eng ilg‘or artilleriya razvedkachisi” musobaqalarida faxrli ikkinchi, “Eng ilg‘or orudiya hisobi”, “Eng ilg‘or artilleriya hisobchisi” konkurslarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shu bilan birga, okrug jamoasi Chirchiq dala poligonida Mudofaa vazirligi miqiyosida o‘tkazilgan “Avtoralli” va “Qurolsoz usta” konkurslarida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarni tantanali kutib olish marosimida musobaqa ishtirokchilari harbiy qism Qo‘mondonligi tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati