“Harbiylarning oilalarini tadbirkorlikka yo‘naltirish – iqtisodiy muvaffaqiyat poydevori” mavzusida onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

4

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Toshkent viloyati Mahalla va oilalarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda “Harbiylarning oilalarini tadbirkorlikka yo‘naltirish iqtisodiy muvaffaqiyat poydevori” mavzusida onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilar oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Zulfiya Mansurova, Toshkent viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva, Toshkent viloyati “Tadbirkor ayol” uyushmasi raisi Shohista Madiyarova, Toshkent viloyati Pedagog va psixologlarni qo‘llab-quvvatlash taraqqiyot markazi boshqaruvi raisi Shoira Isakova, Toshkent harbiy okrugining harbiy xizmatchilar oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Odina Odilovalar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdi.
Onlayn ko‘rinishida tashkillashtirilgan muloqotlar savol-javoblarga boy bo‘lib, tadbirkorlikka oid ko‘plab savollarga shu yerning o‘zida javob berildi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati