Dunyoga mashhur harbiylar: KFC asoschisining polkovnik ekanidan xabaringiz bormi?

3

Garland Devid Sanders — bu ism ko‘pchiligimizga nomaʼlum bo‘lsada, KFC (Kentucky Fried Chicken) brendini xammamiz juda yaxshi bilamiz. «Polkovnik Sanders» — shu nom orqali brend asoschisiga murojaat qilishadi. Bu inson barchamizga muvaffaqiyat kozonish uchun yoshning ahamiyatsizligi, eng muhimi — maqsadga erishish yo‘lida ter to‘kib, qatʼiyat bilan mehnat qilish kerakligini isbotlab berdi.


Sanders harbiy xizmat vazifasini tamomlagach, sug‘urta agenti, o‘t o‘chiruvchi, fermer bo‘lib ishladi. Hattoki avtozapravkaga egalik ham qildi. Haqiqatda polkovnikni eng mashhur qilgan sabab bu — polkovnik qo‘llari bilan uning retsepti asosida tayyorlangan jo‘ja qanotlarining mazasida edi. Tez orada polkovnikning qovirilgan jo‘jalari mazasi butun shtatga ovoza bo‘ldi.


Bu xodisa polkovnik nafaqaga chiqqanidan keyin ro‘y berdi. Avvaliga Garland shtati bo‘ylab o‘z retseptini katta va kichik restoran egalariga taklif qildi, natija esa ularning har doimgi “yo‘q” javoblari bilan yakun topaverdi. Polkovnik birinchi xaridorini topgunga qadar Tomas Edison kabi muvaffaqiyatsizlikning mingdan ortiq usulini kashf qildi. Tirishqoqligi va qatʼiyati tufayli tinib-tinchimas Sanders 90 yoshida 48 dan ziyod mamlakatda 6 mingga yaqin KFC tarmog‘ini ochdi. Hozirgi kunga kelib bu brendning 135 dan ortiq davlatda 22 mingga yaqin tarmoqlari mavjud.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati