O‘z ixtirosidan aziyat chekkan ixtirochilar

3

Ixtirochilar – osonlikcha taslim bo‘lmaydigan kishilardir. Ular o‘z maqsadlari yo‘lida nafaqat vaqt va kuch sarflashga tayyor, balki ularning ko‘plari ixtirosi yo‘lida sog‘lig‘ini va hatto hayotini yo‘qotadilar. Dunyo tarixida bunday misollar juda ko‘p.
Mana bir nechta misollar:

1. AQSH harbiy muhandisi Xoratio Lovson Xenli 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushida qatnashgan (janub tomondan).

Qurolli birodarlariga yordam berish uchun Xenli suv osti kemasini yaratishga kirishdi. Birinchi sinov fojiali yakunlandi va jamoaning to‘qqiz aʼzosidan beshtasi halok bo‘ldi. Keyin ixtirochi ushbu qurilmani boshqarishni shaxsan o‘zi ko‘rsatishga qaror qildi. 1863-yil 15-oktabrda butun ekipaj muhandis Xenli bilan birga vafot etdi. Faqat 132 yildan keyin Charleston porti yaqinidagi Atlantika okeanining tubidan Xenli suv osti kemasini topishdi.

2. Fransiyada yashagan avstriyalik Frans Rayxelt muhandis emas edi.

U tikuvchilik bilan shug‘ullanar va bo‘sh vaqtlarida samolyot halokati paytida uchuvchilarni saqlashga imkon beradigan maxsus kostyumni ishlab chiqardi. U beshinchi qavat balkonidan manekenlarda tajriba o‘tkazdi. Bir nechta muvaffaqiyatli urinishlar kashfiyotchini ilhomlantirdi. U Eyfel minorasidan sakrash uchun ruxsat so‘ray boshladi. 4-fevral kuni u 57 metr balandlikka ko‘tarildi va tomoshabinlar qarshisida o‘zi yaratgan “himoya” formasida sakradi. Hech qanday moʻjiza sodir bo‘lmadi, Frans Rayxel vafot etdi.

3. Yosh ixtirochi Vilm Nelson “Jeneral elektrik” kompaniyasida ishlagan.

U pedalsiz harakatlanish uchun motorli velosipedni yig‘ishga qaror qildi. Natijada zamonaviy mopedning prototipi paydo bo‘ldi. Sinov poygalarining birida 24 yoshli Nelson vafot etdi.

4. 1912-yil 10-aprelda Sauthemptondan Nyu-Yorkka “Titanik” kemasi birinchi va oxirgi marta chiqqan.

Kema bortida Titanik yaratuvchilaridan biri bo‘lgan tadbirkor va kemasoz Tomas Endryus bor edi. 14-aprel kuni “Titanik” ulkan aysberg bilan to‘qnashdi. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 1446 kishi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Ular orasida ixtirochi Tomas Endryus ham bor edi. Uning jasadi topilmagan.

5. Tambovlik haydovchi Valerian Abakovskiy, inqilobdan ko‘p o‘tmay, avia pervanesi o‘rnatilgan motorli trolleybus qurishga qaror qildi.

Abakovskiy ixtirosini “aerovagon” deb atadi. Yoqilg‘i sarfi kam bo‘lgan holda aerovagon juda katta tezlikni amalga oshirdi. 1921-yil 24-iyulda Moskva-Tulada yo‘nalishida mashina sinovdan o‘tdi. Ular Tulaga hech qanday muammosiz yetib kelishdi, ammo orqaga qaytishda falokat yuz berdi, unda olti kishi, shu jumladan Valerian Abakovskiy ham halok bo‘ldi.

6. Kanadalik professional kaskadyor Karel Susek Niagara sharsharasidan tushish mumkin bo‘lgan maxsus kapsulani yaratdi.

Sinovdagi jarohatlarga qaramay, kaskadyor tirik qoldi. Ammo u yana bir sinov o‘tkazishga qaror qildi – Texasdagi Reliant Astrodom stadioni tepasida Susek maxsus tayyorlangan basseynga kapsula ichida sakrab tushdi. Kapsula rejalashtirilganidek, hovuz markaziga tushmadi, balki basseyn chetiga urildi. Ertasi kuni Susek jiddiy jarohatlar tufayli vafot etdi.

7. Maykl Darz zamonaviy yo‘llar – tirbandliklar tahdid solmaydigan taksini yaratishga harakat qildi.

Darz uchadigan taksini ishlab chiqishni o‘z zimmasiga oldi. Birinchi parvoz 2009 yil avgust oyida bo‘lib o‘tdi. Kabinada 8 kishi, jumladan Maykl Darzning o‘zi ham bor edi. “uchar taksi” zo‘rg‘a parvoz qilib, portladi.

8. Yuqoridagi barcha ixtirochilardan farqli o‘laroq, Robert Vatson-Vatt, o‘z ixtirosidan vafot etmadi.

Fizik Uotson-Vatt harakatlanayotgan mashinani kuzatishga qodir bo‘lgan birinchi radar ixtirochisi sifatida mashhur bo‘ldi. Uning ixtirosi politsiya tomonidan “tezyurar” haydovchilar bilan shug‘ullanish uchun qabul qilingan. Kunlarning birida Robert Vatson-Vatt boshqarayotgan mashina politsiya xodimi tomonidan to‘xtatilib, tezlikni oshirganligi uchun jarima soldi. Qoidabuzarlik Robert Vatson-Vat yaratgan “radar” yordamida qayd etildi.

Internet materiallari asosida B.Abdurazzoqov tayyorladi