Sirdaryoda bir guruh harbiy xizmatchilar Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondoni buyrug‘iga binoan rag‘batlantirildi (+foto)

1

Xabaringiz bor, Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismning 200 nafardan ortiq harbiy xizmatchilari hozirgi kunda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida aholiga doimiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Yig‘ma batalyon komandiri podpolkovnik Erkin Hasanov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar aholi turar joylarining obod qilinishida muhim hissa qo‘shib kelmoqdalar. Bugun Havo desanchilari kuni hamda Toshkent harbiy okrugi Qo‘shinlari Qo‘mondonining buyrug‘i bilan bir guruh harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi.

Taqdirlash marosimida okrug Qo‘inlari Qo‘mondoning Tarbiyaviy va Mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor O‘ralboyev ishtirok etib, barchaga chuqur minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati