Toshkent harbiy okrugi hududida bayram arafasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi (+foto)

3

Bugun, 30-iyul kuni Toshkent harbiy okrugi hududida Mudofaa vazirligi, Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, harbiy shaharchalarda istiqomat qiluvchi oilalar uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Karantin qoidalari asosida tashkillashtirilgan yarmarkada go‘sht va poliz ekinlari, meva va sabzavotlar, turli oziq-ovqat mahsulotlari harbiy xizmatchilar va ularning oila-aʼzolari uchun taqdim etildi.
Bu kabi yarmarkalar tez-tez tashkil etilib, vatan himoyachilari uchun qulayliklar yaratilayotgani barchani quvontirmoqda.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati