Vatan uchun ichilgan qasam – buzilmasdir…

2

Chirchiq dala o‘quv maydonida Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism va muassasalar, oliy harbiy taʼlim muassasalarida joriy mavsumda muddatli harbiy xizmatni boshlagan askarlarning Vatanga qasamyod tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbir karantin qoidalari asosida tashkil qilindi.
Ko‘zlaridan o‘t chaqnab, har qanday sharoitda ona yurt taqdiriga o‘zlarini masʼul bilgan o‘g‘lonlarga Mudofaa vazirining tabrigini vazir o‘rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev o‘qib eshittirdi.
Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev taʼkidlaganidek, nuroniylardan duo olib xizmatni boshlagan askarlarga tarixiy saboqlar olishlari uchun Prezident sovg‘asi sifatida O‘zbekiston tarixi, Temur tuzuklari kabi kitoblar jamlamasi topshirildi.
Tantanali tadbir so‘ngida Vatanga qasamyod qabul qilgan askarlar Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari bilan birgalikda Mudofaa vazirligi madhiyasini ijro etdilar.

Katta leytenant Aziz NORQULOV,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti